
“Bavariya” transferga qo‘ygan futbolchini MYu va “Arsenal” talashmoqda
“Bavariya” rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachi Korenten Tolisso avstriyalik himoyachi David Alaba singari klubdan tekinga ketib qolmasligi uchun uni transferga qo‘yishga qaror qildi.
Tolissoning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Shu bois myunxenliklar uni hozirdan sotib yubormoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, iste’dodli yarim himoyachiga “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qizig‘i, yozda har ikki jamoa ham Tolissoga xaridor bo‘lgandi. Lekin “Manchester Yunayted” Donni van de Bekni, “kanonirlar” esa Tomas Partini transfer qilgan edi.
Biroq, Korenten Tolissoning transfer summasi 25 million evro atrofida bo‘lishini inobatga olgan APL grandlari uni sotib olishni istamoqda.
Fikrlar