"Bavariya" ustozi Xasan tufayli jamoadan ketmoqchi

  • 7 aprel, 2021, 12:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub sport direktori Xasan Salixamijich bilan kelisha olmayotgani sabab jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis klub rahbariyati tajribali himoyachi Jerom Boateng bilan shartnoma uzaytirilmaganidan qattiq ranjigan. Aytish kerakki, Boateng endi yozda jamoani erkin agent sifatida tekinga tark etadi.

Bundan tashqari, Boatengning ketishi haqidagi xabar PSJga qarshi EChL 1/4 final o‘yini arafasida e’lon qilingani Flikning jahlini chiqargan. Shu sababli Xans-Diter mavsum yakunlangach jamoadan ketish haqida o‘ylay boshladi.

56 yoshli Flik "Bavariya"ni 2019 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Germaniya chempioni va kubogida zafar quchdi, Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!