
“Bavariya” va “Chelsi” bir futbolchini talashmoqda
Londonning “Tottenxem” jamoasi yarim himoyachisi Erik Dayer “Chelsi” va “Bavariya” kabi top klublarning qiziqish doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, agar Dayer shimoliy Londonni tark etish istagini bildirsa, yuqoridagi jamoalar “shporlar”ga taklif bilan chiqishga tayyor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Erik o‘zining “Tottenxem”dagi holatidan norozi. Boisi, Angliya terma jamoasi futbolchisi jamoada etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Taqqoslash uchun, Dayer o‘tgan mavsum bor yo‘g‘i 1ta uchrashuvda maydonga tushmagan edi. Bu mavsum u premer-liganing o‘tgan 15ta turining 11tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan holos.
Fikrlar