"Bavariya" yarim himoyachisi A Seriya grandi safiga borib qo‘shilishi mumkin

  • 11 dekabr, 2022, 12:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Leon Gorettska Bundesligadan A Seriyaga o‘tishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining transferiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirgan. Ehtimoliy transfer narxi 65 million evroga baholanmoqda.

Gorettskaning "Bavariya" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsum yarim himoyachi Germaniya chempionatining 11 uchrashuvida qatnashib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!