"Bavariya" Zidanning kashfiyotini sotib olmoqchi

  • 10.10.2020 23:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverdeni sotib olmoqchi.

MARCA nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, myunxenliklar uni yaqinda klubni tark etgan Tyago Alkantaraga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Biroq "Real" ustozi Zinedin Zidan ham, Federiko Valverde ham bu taklifga qarshilik bildirgan. Frantsiyalik mutaxassis o‘zi kashf etgan futbolchini Madridda olib qolmoqchi.

22 yoshli xavbek madridliklar asosiy tarkibida 2018 yildan beri harakat qilib keladi. Uning transfer narxi 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!