"Bavariya"dan 7 ta gol o‘tkazgan Loris nimalar dedi?
"Tottenxem" sardori va darvozaboni Ugo Loris "Bavariya"dan 2:7 hisobida uchralgan mag‘lubiyatga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Muxlislar uchun juda afsusdaman. Chunki, biz juda oson taslim bo‘ldik, shuning uchun hisob yomonlashib ketdi.
Bu oqshom bizga qattiq ta’sir qildi. Endi biz o‘z xarakterimizni ko‘rsatib, fikrlarimizni bir joyga jamlashimiz kerak.
Oldinda turgan "Tsrvena Zvezda"ga qarshi ikki uchrashuv yana-da printsipial tarzda o‘tadi. Endi biz ochko yo‘qota olmaymiz," - dedi Loris.
Fikrlar