"Bavariya"ga Eriksen kerak emas

  • 21 dekabr, 2020, 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Bavariya" tomonidan "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenga nisbatan hech qanday qiziqish mavjud emas. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, na myunxenliklar rahbariyati va na murabbiylar shtabida daniyalik futbolchiga nisbatan qiziqish mavjud emas.

Bundan avvalroq "Inter" Eriksenni sotib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga "Arsenal" va PSJdan takliflar bo‘lmoqda.

28 yoshli Eriksen joriy mavsum “Inter” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “neradzurridar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!