
"Bavariya"ga to‘purar himoyachi kelmoqda
"Ayaks"ning o‘ng qanot himoyachisi Nusayr Mazraui yangi mavsumni "Bavariya"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 24 yoshli marokashlik futbolchi nemis grandi bilan “4+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashga rozilik bildirgan.
Manbaga ko‘ra, Mazrauining "Bavariya"dagi maoshi yiliga 4 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchining "Ayaks" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan, shuning uchun myunxenliklar uni erkin agent sifatida tekinga tarkibga qo‘shib oladi.
Avvalroq, "Barselona" ham Mazrauiga da’vogarlik qilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Nusayr Mazraui joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar