Bekobodda muxlislar uchun bayram dasturxoni yoziladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 2-tur doirasidan o‘rin olgan qiziqarli o‘tishi kutilayotgan qarama-qarshiliklardan biri Bekobodda bo‘lib o‘tadi. Unda “Metallurg” “Buxoro”ni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvda “Metallurg” futbolchilari to‘liq ko‘k rangdagi sport formasida maydonga chiqishadi. Buxoroliklar esa oq-oq-oq rangli formada o‘ynaydi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Uchrashuv Bekoboddagi stadionda yangi mavsumdagi ochilish o‘yini bo‘ladi. Shu boisdan “Metallurg” klubi mazkur o‘yinni yuqori saviyada tashkil etish, o‘yin kuni stadionga ko‘p sonli muxlislar kelishini ta’minlash maqsadida bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Jumladan, o‘yindan bir kun oldin stadion yonida ishqibozlar uchun bayram dasturxoni yoziladi. O‘yin kuni esa stadionda soat 18:30dan boshlab estrada xonandalari ishtirokida kontsert dasturi ham tashkil etiladi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, Coca Cola Superliga 2-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvi 29 mart, juma kuni soat 20: 15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!