Bektemir bilan jangdan so‘ng Kovalyov millionerga aylanadi

  • 19 dekabr, 2020, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

2021 yilning 30 yanvar kuni sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) o‘zbekistonlik engilmas bokschi Bektemir Meliqo‘ziev (6-0-0, 5 KO) bilan kuch sinashadi.

Tecno

Rossiyalik charm qo‘lqop ustasi bo‘lajak jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi. Buni insayder  Mayk Koppindjer o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida oshkor qildi.

- Ma’lumotlarga qaraganda, Sergey Kovalyov DAZN bilan kelishuv doirasida bo‘lajak jangda 2,5 million dollar miqdorida gonorar oladi, - deb yozadi Mayk Koppindjer.

Sergey Kovalyov bu jangni yana chempionlik shohsupasiga qaytish uchun birinchi bosqich sifatida baholamoqda. Bektemir Meliqo‘ziev uchun ushbu to‘qnashuv boks cho‘qqisiga ko‘tarilishdagi katta qadam bo‘ladi.  

Bektemir Meliqo‘ziev superyulduzni tamoman so‘ndirishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!