Bekxemning jamoasiga yangi murabbiy topdi

  • 06.01.2021 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik mutaxassis Fil Nevill MLSning “Inter Mayami” klubi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, 43 yoshli mutaxassisning vakillari allaqachon AQSh jamoasi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Boisi, Fill ayni damda Angliya ayollar terma jamoasini boshqarmoqda, ammo u ushbu lavozimni yozda tark etadi.

Ma’lumot uchun, “Inter Mayami” klubining xo‘jayini angliyalik futbol yulduzi Devid Bekxem hisoblanadi. Ushbu jamoani ayni damda Diego Alonso boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!