
Bekxemning rekordi "qulatildi"
"Formula-1"ning olti karra chempioni - Lyuis Xemilton Buyuk Britaniyaning eng boy sportchisi deb topildi. "Mercedes" poygachisining holati 224 mln funtga baholanmoqda va bu reytingning 32 yillik tarixidagi rekord natija bo‘ldi.
Bundan oldingi rekord sobiq futbolchi Devid Bekxemga tegishli edi - 2013 yil nashr uning boyligini 200 mln funtga baholagan.
"The Times"ning yozishicha, Lyuisning "Mercedes"dan oladigan yillik daromadi 40 mln funtni tashkil etadi. Uning jamoa bilan amaldagi kelishuvi joriy yil so‘nggida nihoyasiga etadi.
Fikrlar