Belarus chempionati. "Energetik-BGU" qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
Hozirgina Belarus Oliy ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" hamda "Torpedo BelAZ" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Mezbonlar safida hamyurtimiz Shahboz Umarov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda faol harakat qildi. Aynan uning golli uzatmasidan so‘ng Girs "talabalar"ning yagona golini kiritishga erishdi.
Shu tariqa, qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan "Energetik-BGU" 29 ochkosi bilan 7-o‘ringa tushib ketdi.
Belarus Oliy ligasi. 19-tur
18:00 "Energetik-BGU" - "Torpedo BelAZ" 1:4
Gollar: Girs (31) - Premudrov (42, 47 avtogol), Afanasev (65), Nikolaevich (81)
Chetlatish: Yudchits (47 qizil kartochka)

Fikrlar