
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqariladimi?
Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasi rahbari Piter Bossart “Evro-2020”dagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martinesni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
"Ertaga biz kuzgi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz. Roberto Martines biz bilan. Rasmiy bayonot bo‘lmaydi, ammo murabbiylar shtabini o‘zgartirishga asos yo‘q.
Martinesning iste’foga chiqishini men ham xohlamayman. Bu borada alohida baho bo‘lmaydi, chunki bizning uyushma, har qanday yaxshi ishlaydigan jamoa singari, doimiy baholash madaniyatiga ega ", - dedi Bossart.
Martines boshqaruvidagi Belgiya terma jamoasi Evropa chempionatining chorak finalida Italiyaga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar