
Bellingem 2024 yildagi rejalarini oshkor qildi
Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylangan Jud Bellingem 2024 yil uchun rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ta’kidlash joizki, 2023 yilda angliyalik futbolchi faoliyatida katta o‘zgarish bo‘ldi. U Dortmundning “Borussiya” jamoasi safidan “Real”ga ko‘chib o‘tdi va qisqa vaqt ichida madridliklarning etakchi o‘yinchisiga aylandi.
- 2024 yil uchun rejalarim qanday? Ko‘p sovrinlarni yutish, juda ko‘p gol urish, imkon qadar zo‘r o‘ynash, g‘alabalar sonini oo‘irio‘ va “Real” o‘yinchisi ekanimdan rohatlanishda davom etish, - dedi Jud Bellingem.
20 yoshli futbolchi “Real”ga ko‘chib o‘tganidan keyin sermahsul o‘yin ko‘rsata boshladi. U joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 13 ta gol urib, musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar