Bellingem bitta zarba bilan ikki yulduz rekordini urdi

  • 26 avgust, 2023, 22:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning yangi futbolchisi Jud Bellingem Ispaniya chempionatining uchinchi turida “Selta” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining qiyin g‘alabasiga sababchi bo‘ldi.

Tecno

Shu tariqa, angliyalik futbolchining ketma-ket uchta turda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgani qayd etildi.

Statistikaga ixtisoslashgan Opta nashri 20 yoshli futbolchi “Real” safida ketma-ket uchta uchrashuvda gol urish bo‘yicha ikki yulduz – Krishtianu Ronaldu va Uesli Sneyderning rekordini takrorladi.

“Real” bu futbolchi uchun Dortmundning “Borussiya”siga 103 million evro to‘lagan edi. Klub bilan 2029 yilning yozigacha shartnoma imzolagan Bellingem kelishi bilan jamoa etakchisiga aylanib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!