
Bellingem Endrikka tarsaki tushirdi (Foto)
Jud Bellingem Braziliyaga qarshi o‘yindan so‘ng "Real"dagi jamoadoshlari bilan iliq munosabatda bo‘ldi.
Shanba kuni Angliya terma jamoasi "Uembli"da Braziliyaga mag‘lub bo‘ldi. Yagona gol yozda "Real"ga o‘tadigan "Palmeyras"ning 17 yoshli hujumchisi Endrik tomonidan kiritildi.
Final hushtagi yangraganidan so‘ng Jud madridliklarning braziliyalik hujumchilari Vinisius Junior va Rodrigoni quchoqlab oldi.
Angliyalik yarim himoyachisi Endrikning ham yoniga borib, yuziga sezilarli tarzda tarsaki tushirdi. Endrik bu harakatdan hayratda qoldi. Keyinchalik ular qo‘l berib ko‘rishdi va quchoqlashdi.
Fikrlar