
Bellingem gol urmayotganiga hayron bo‘lmang!
“Real” yangi yilning ilk uchrashuvida “Malorka”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Madridliklarga g‘alaba keltirgan yagona golga himoyachi Antonio Ryudiger mualliflik qildi.
Bosh murabbiy Kardo Anchelotti uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
Italiyalik mutaxassis jamoa to‘purariga aylangan Jud Bellingem gol ura olmagani haqida ham to‘xtaldi.
- Biz standart vaziyatlardan ko‘p gol urganmiz. Chunki buning ustida juda ko‘p ishlaymiz. Tarkibimizda zo‘r o‘yinchilar jamlangan. Biz bu gal eng yuqori darajada o‘ynaganimiz yo‘q. Qaror qabul qilishda aniqlik etishmadi.
“Atletiko” bilan bo‘lgan o‘yindan keyin himoyani yaxshilik ustida etarlicha ishladik.
Jud Bellingem gol urmayotganidan hayron bo‘lmang. Gol urish uning vazifasiga kirmaydi, - dedi Karlo Anchelotti.
Fikrlar