Bellingem kechagi bahsdan so‘ng hayratlanarli fikr bildirdi

  • 19 avgust, 2024, 18:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi futbolchisi Jud Bellingem La Liganing dastlabki turida "Malorka"ga qarshi o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoq orqali hayratlanarli fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

La Liganing amaldagi chempionlar kecha "Malorka" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan holda mavsumni omadsiz boshladilar. Dastlab Rodrigo Vinisius Juniorning golli uzatmasidan so‘ng "Real"ni oldinga olib chiqdi. Biroq tanaffusdan so‘ng mezbonlar Vedat Murikining goli bilan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bellashuvni asosiy tarkibda  boshlagan Bellingem jamoasining yomon o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, o‘z Instagram sahifasida "Bu sprint emas, marafon" deya balandparvoz xabar bilan bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!