
Bellingem uch nafar eng zo‘r yosh o‘yinchi nomini aytdi
Italiyaning Tuttosport nashri tomonidan mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchiga beriladigan Golden Boy sovrinini qo‘lga kiritish ko‘p futbolchilarning orzusi.
2023 yilgi sovrin “Real” etakchisi Jud Bellingemga nasib qildi. 20 yoshli angliyalik o‘yinchi yaqin kelajakda bu sovringa qaysi o‘yinchilar munosib bo‘lishini aytdi.
- Men uch nafar futbolchi nomini aytaman. Birinchi navbatda, Arda Gyuler. U fenomen va har kuni uning qanday shug‘ullanayotganini ko‘rib, biz hayratga tushamiz.
Keyingisi Jeymi Bayno-Gittens. U mening “Borussiya”dagi do‘stim. Nihoyat, uchinchisi ukam Job, - dedi Jud Bellingem.
Fikrlar