Bellingemning asosiy kamchiligini oshkor qilishdi

  • 22 iyun, 19:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yulduzi Jud Bellingemning tug‘ishgan ukasi Job Evropa futbolini zabt etishda akasining yo‘lini tanladi. 19 yoshli yarim himoyachi Angliyani tark etib, akasi o‘ynagan “Borussiya Dortmund”ga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

Kichik Bellingemning debyuti  uchrashuvi va dortmundliklar safidagi birinchi goli AQSh mezbonlik qilayotgan yangi formatdagi klublar jahon chempionatiga to‘g‘ri keldi.

“Borussiya” bosh murabbiyi  Niko Kovach yangi shogirdining kuchli tomonlari va unga hali nimalar etishmayotgani haqida gapirdi.

  - Job kuchli jismoniy tayyorgarlikka ega va u o‘ta chidamli. Shuningdek, o‘yinni yaxshi his qiladi. Biz to‘rt oy davomida mashg‘ulotlarda bajarayotganlarimizni u endi o‘zlashtirishga harakat qilmoqda.

19 yoshli futbolchiga hali intizom etishmayapti. O‘yin davomida o‘z pozitsiyasidan ketib qolyapti. Ayniqsa, to‘p raqibga o‘tganida ko‘pincha shunday bo‘lyapti, - dedi Niko Kovach.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!