Belsa Mersisayd jamoasini boshqarishi mumkin

  • 24.01.2023 19:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Everton" Frenk Lempardni ishdan olganidan keyin uning o‘rniga murabbiy qidirmoqda. Nomzodlar orasida Marselo Belsa ham bor. 

"The Athletic" nashri xabar berishicha, Farxad Moshiri mutaxassisni olib kelish tarafdori.

Ma’lumot uchun, Belsaga Angliya begona emas. U  2018-2022 yillar oralig‘ida "Lids Yunayted"da ishlagan. 67 yoshli murabbiy deyarli bir yillik tanaffusdan keyin yana ishga qaytishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!