Benzema “Real”dan quruq qo‘l bilan ketmaydi

  • 4 iyun, 2023, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” jamoaning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Karim Benzemaning ketishini e’lon qilib bo‘ldi.

Frantsiyalik yulduz madridliklar safiga 2009 yili qo‘shilgan edi. “Qirollik klubi”dagi 14 yillik faoliyati davomida Karim nimalarga erishdi?

Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, Karim Benzema “Real” bilan 25 ta sovringa ega chiqqan.

Karim besh marotaba Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham besh marotaba g‘olib bo‘ldi.

Benzema to‘rt marotabadan Ispaniya chempioni, Superkubok sohibi va UEFA Superkubogi egasiga aylandi.

Ispaniya kubogi musobaqasida frantsiyalik futbolchi uch marotaba g‘olib chiqqan.

Shunday bo‘lsa-da, Benzemaning o‘zi uchun 2022 yilda qo‘lga kiritilgan “Oltin to‘p” eng qadrli sovrin hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!