
Beppe Marotta: Lautaro ketishi mumkin
"Inter" bosh direktori Beppe Marotta jamoaning argentinalik hujumchisi Lautaro Martinesning kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Lautaro o‘sib kelayotgan yosh futbolchi. Ammo men xech kimni klubda majburan olib qolish niyatim yo‘q. Mening falsafam bo‘yicha futbolchi xohlagan vaqtida klubni tark etishi mumkin", - deydi Marotta.
Eslatib o‘tamiz, argentinali forvard uchun "Barselona" va "Real" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq, Martines evaziga "Inter" "Barselona"dan Antuan Grizmanni qo‘lga kiritish niyatidaligi haqida xabar berib o‘tgan edik.
Fikrlar