Bilasizmi, "Roma" qatorasiga 4 ta o‘yindan buyon "Latsio"ni yuta olmayapti

  • 16.01.2021 12:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Latsio” kecha Italiya A Seriyasining 18-turida hamshahari “Roma”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

E’tiborlisi, “Roma”ning Rim derbisidagi g‘alabasiz seriyasi 4 taga etdi. “Bo‘rilar” “Latsio”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 4 ta o‘yinning 2 tasida durang qayd etgan va 2 tasida mag‘lub bo‘lgan.

“Roma” so‘nggi bor “Latsio”ni 2018 yilning sentyabrida 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

“Roma” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 3-o‘rinda, “Latsio” esa 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!