Bilasizmi? Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines "Lokomotiv"ni boshqarishi mumkin edi
Rossiyalik taniqli sharhlovchi va bloger Vasiliy Utkin Moskvaning "Lokomotiv" klubi o‘z vaqtida Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblangan Roberto Martinesni bosh murabbiylikka olib kelmoqchi bo‘lganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis va “temiryo‘lchilar” o‘rtasida muzokaralar chindan ham bo‘lgan. Biroq, Martinesning amaldagi shartnomasi borligi sabab u bu taklifni qabul qilolmagan.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli Roberto Martines Belgiya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U terma jamoa bilan “JCh-2018”da bronza medallarini qo‘lga kiritdi.



Fikrlar