Bilasizmi? Joriy mavsum evrokuboklar chorak finaliga eng ko‘p ispan klublari chiqishdi, keyingi o‘rinlarda Angliya va Italiya

  • 16 mart, 2018, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi va Evropa ligasi musobaqalarining 1/8 final bosqichiga yakun yasaldi.

Tecno

Joriy yilgi evrokuboklarda Ispaniya jamoalarining niyatlari jiddiy ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Boisi, ushbu mamlakatning 3ta jamoasi Chempionlar ligasi 1/4 finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir jamoasi Evropa ligasi chorak finalida raqibi darvozasiga 8ta to‘p yo‘llab musobaqaning yaqqol favoriti ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Keyingi o‘rinlarda esa Angliya va Italiya klublari turishibdi. Hususan, EChLda inglizlarning 2ta jamoasi kurashni davom ettirayotgan bo‘lsa, bir jamoasi Evropa ligasida javlon urmoqda. Ko‘hna Italiyada ham deyarli huddi shunday holat.

Chempionlar ligasi. 1/4 final.

“Barselona”, “Real”, “Sevilya” – Ispaniya.

“Manchester Siti”, “Liverpul” – Angliya.

“Roma”, “Yuventus” – Italiya.

“Bavariya” – Germaniya

Evropa ligasi. 1/4 final.

“Atletiko” – Ispaniya.

“Arsenal” – Angliya.

“Latsio” – Italiya.

“RB Leyptsig” – Germaniya.

“Marsel” – Frantsiya.

TsSKA – Rossiya.

“Sporting” – Portugaliya.

“Red Bull” – Avstriya.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqalarga qur’a tashlash marosimi bugun bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!