
Bilasizmi: La liga klublari orasida faqatgina “Real” qishda transfer qilmadi
Kecha oqshom Evropaning bir qator etakchi milliy chempionatlarida qishki transfer bozori yopildi. Jumladan, Ispaniya La ligasida ham.
E’tiborlisi, mazkur turnirning amaldagi chempioni – Madridning “Real” klubi qishda birorta futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgani yo‘q.
Qayd etish joiz, La ligadagi qolgan 19 klubning barchasi yanvarda bitta bo‘lsa ham, o‘z safini yangi futbolchilar bilan boyitdi.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni vaqtda 38 ochko bilan turnir jadvalining 4-o‘rinida bormoqda.
Fikrlar