
Bilasizmi? "Lokomotiv"ning sobiq legioneri kecha "Zenit"ga gol urdi
Mashhur futbol agenti Dmitriy Selyuk Moskvaning "Tambov" klubidagi mijozi Benitoni premer-ligadagi debyuti bilan tabrikladi. Aytish kerakki, u kecha "Zenit"ga qarshi o‘yinda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
“Benitoni RPLdagi birinchi goli bilan tabriklayman. U premer-liganing kashfiyoti bo‘ladi. Uning kelajagi porloq. Top klublar oyoqlari orasida turgan iste’dodlarni ko‘rishmasligi va maydonda ko‘rinmaydigan futbolchilarni 5 millionga sotib olishi men uchun g‘alati”, - deydi Selyuk.
Eslatib o‘tamiz, Benito o‘zbek futbol muxlislari uchun juda yaxshi tanish. U 2017 yilgi mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” klubi safida to‘p surgan.
Fikrlar