
Bir jamoa O‘runov uchun qattiq kurashyapti!
Rossiya premer-ligasidagi ikki legionerimizdan biri – Oston O‘runovning kelajakdagi faoliyatiga tez orada aniqlik kiritiladi.
Ma’lumki, legionerimiz “Spartak” jamoasi a’zosi hisoblanadi va garchi moskvaliklar uni etarli darajada o‘ynatmagan bo‘lsa-da, Oston 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega.
“Spartak” rahbariyati “Ufa”dan ijarada o‘ynab qaytgan Oston O‘runov bilan amaldagi shartnomani bekor qilishi haqida xabarlar chiqqan edi.
Endi Rossiya matbuoti o‘zbek futbolchisiga “Ximki” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida yozmoqda.
Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, “Ximki” mutasaddilari Oston O‘runov va uning agentlari bilan muloqot qilib turibdi. Ular futbolchini “Spartak”dan ijaraga olishga tayyor. Agar poytaxt klubi O‘runov bilan amaldagi shartnomani bekor qiladigan bo‘lsa, “Ximki” hamyurtimizni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Ximki” yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvini15 iyul kuni o‘z maydonida Rossiyaning amaldagi chempioni – “Zenit” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar