
Bir kishi kam bo‘lib qolgan Iroq Indoneziyani mag‘lub qildi
20 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining ilk turidan o‘rin olgan Indozeniya - Iroq bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda iroqliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Dastlab, 28-daqiqada Haydar Abdulkarim raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Birinchi taym oxirida Cherbel Shamun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Ammo bu iroqliklar o‘yiniga ta’sir o‘tkaza olmadi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Muhammad Jamel bahsga nuqta qo‘yuvchi golni urdi.
Shu tariqa, Iroq 3 ochkoga ega bo‘ldi va vaqtincha guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbeksiton terma jamoasi keyingi turda Iroq terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar