
Bir kunda Ronalduning ikki rekordi barbod bo‘ldi, birini Messi sindirdi!
Ronaldu Chempionlar ligasi doirasida ko‘p rekordlarni o‘rnatib qo‘ygan. Endi uning yuksak natijalarini takrorlayotgan futbolchilar ham chiqmoqda.
Xususan, “Ayaks”da porlayotgan Sebastyan Aller Chempionlar ligasining guruh bahslaridagi oltita uchrashuvning barida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianuning rekordini takrorladi.
Portugaliyalik yulduz 2027-2018 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi tarixida guruhdagi uchrashuvlarning barchasida to‘p kiritgan yagona futbolchiga aylangandi.
Shu kunning o‘zida Lionel Messi azaliy raqobatchisining yana bir rekordini sindirdi.
Ronaldu Chempionlar ligasida eng ko‘p jamoaga gol urgan futbolchi bo‘lib turgandi. Lionel Messi “Bryugge”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda dublga erishdi. Shu tariqa, argentinalik yulduzdan ushbu turnirda jabr chekkan jamoalar soni 38 taga etdi.
Raqobat davom etadi...
Fikrlar