Birinchi davrada "Navbahor"ning eng zo‘r futbolchisi kim bo‘ldi?

  • 15 iyul, 2022, 16:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” klubi matbuot xizmati klub a’zolarining 1-davrada qayd etgan statistik natijalari ma’lum qildi.

O‘zingizga ma’lum, “lochinlar” davralar oralig‘idagi tanaffusga turnir peshqadami sifatida chiqib ketishdi.

Albatta, bunday ijobiy natijaga erishish ortida klub rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning ulkan mehnatlari samarasi yotibdi.

Ma’lumki, g‘alaba qozonishda gollarning o‘rni beqiyos. Xo‘sh, “Navbahor”ning Soca Cola Superligasi 1-davrasidagi gollariga kimlar mualliflik qilishdi?

Xabaringiz bor, Samvel Babayan shogirdlari milliy chempionatimizning birinchi yarmida raqiblar darvozasiga 15 ta gol urishdi. Ushbu gollarga esa 6 nafar futbolchi mualliflik qildi. 

Namanganliklarning to‘purarlar ro‘yxatini serbiyalik hujumchi Zoran Marushich  5 ta gol bilan boshqarib turibdi.

Gol mualliflarining to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinishga ega:

1.Zoran Marushich – 5 ta

2.Elguja Grigalashvili – 3ta

3.Azimjon Ahmedov, Jamshid Iskanderov va Rustamjon Ashurmatov – 2 tadan

4.Yovan Jokich – 1 ta.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!