Birodar Abduraimov haqidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

  • 14 may, 2019, 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun o‘zbek futboli afsonalaridan biri Birodar Abduraimov 76 yoshini nishonlayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. "Paxtakor" afsonasi haqida kitob chop etildi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Futbol haqida 30dan ortiq kitoblar muallifi Vladimir Safarov va Sergey Danilov tomonidan birgalikda yozilgan "O‘zbek futboli afsonasi" kitobi Birodar Abduraimov 76 yoshini qarshi olayotgan kunda kitobxonlar e’tiboriga taqdim etildi. Unda futbolimiz afsonasining futbolga kirib kelishi, hayoti, o‘yinchilik va murabbiylik faoliyati, u haqida turli insonlarning fikrlari o‘rin olgan.

Birodar Abduraimovning o‘zi ushbu taqdimotda quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Yoshligimda kurash bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘lganman va keyinchalik oldimda futbol yoki kurashdan birini tanlash masalasi turardi. Men futbolni tanlashga qaror qildim. Eski shaharda yashaganman, oilamizda etishmovchilik bo‘lardi. Agar kun bo‘yi futbol o‘ynamagan taqdirimda bezori bo‘lib ketishim hech gap emasdi. Futbolni tanlaganim, mehnat qilganim tufayli mamlakat terma jamoalari safida o‘ynash nasib qildi. Yaqindagina bir ishqiboz men uch gol urgan uchrashuvdan keyin chop etilgan gazetani saqlashini aytganda juda xursand bo‘lib ketdim. Meni futbol sababli hamon eslaydiganlar ko‘p, demak bekorga yashamabman. Futbolni tanlaganimdan baxtiyorman. Barchani ko‘rib turganimdan xursandman va bu erga kelganingiz uchun katta rahmat.

Taqdimot yakunida muallif va futbolimiz afsonasi yig‘ilganlarga kitobni dastxatlari bilan taqdim etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!