Allegri: Bizda zo‘r o‘yinchilar bor, lekin...

  • 23 may, 2022, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Keyingi o‘n yillikda ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunlagan “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yangi chempionat oldidan jamoani qanday kuchaytirmoqchi ekanini oshkor qildi.

- Bizda besh nafar o‘ta iqtidorli yosh o‘yinchilar - Vlaxovich Lokatelli, de Lixt, Keza va Miretti bor va ular asosiy jamoamiz uchun juda zo‘r o‘ynab beryapti. Ular bundan keyin ham o‘sishga erishishiga ishonaman.

Lekin faqat yoshlar hisobiga katta g‘alabalarni qo‘lga kiritish qiyin. Yoshlik shijoati bilan boy tajribani uyg‘unlashtirish kerak bo‘ladi. Yoshi katta o‘yinchilar yoshlarga qanday qilib yuksalishni ko‘rsatadi. Biz tarkibni shakllantirishda shuni inobatga olamiz, - dedi Massimiliano Allegri.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, turinliklar “Manchester Yunayte”dan ketayotgan Pol Pogba va PSJ bilan xayrlashib ulgurgan Anxel di Mariya bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!