“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

  • 30 iyul, 2022, 23:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga A Seriya vakili – “Sampdoriya” qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Genuya klubi sport direktori Daniele Fadjiano o‘zbek futbolchisi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Bizdan “Sampdoriya” Shomurodovni olmoqchi ekani haqida so‘rashmoqda. Hozircha, bunday rejamiz yo‘q, - dedi Daniele Fadjiano.

Shunga qaramay, o‘zbek futbolchisining xaridorlari soni kun sayin ortib bormoqda. So‘nggi ikki kun ichida “Sassuolo”, “Bolonya”, “Torino”, “Montsa” kabi klublar Shomurodovga da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Bu klublarning aksariyati “Roma” hujumchisini olishga harakat qilayotganini tasdiqladi. Ular orasida poytaxt klubga transferni so‘rab, murojaati qilganlari bor.

Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va oltita assist rasmiylashtirdi. Rim klubi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan futbolchimiz sakkiz million evroga baholanmoqda.

Shomurodovga xaridor klublarning aksariyati uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.

2-1632131803-Diyora-post-material

“Roma” hujumchisi boshqa jamoaga o‘tadi

Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilardan Karles Peres ham o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi tez orada yurtiga qaytib ketishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, “Selta” klubi hujumkor futbolchini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

Peresga boshqa klublardan ham chorlov bo‘lgani aytilmoqda. Lekin o‘yinchining o‘zi Vigoga yo‘l olmoqchi.

“Roma” murabbiylar shtabi xuddi Eldor Shomurodov singari Karles Peresni ham “Tottenxem”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga jalb etmadi.

Karles faoliyati davomida jami 168 marta maydonga tushib,   raqiblar darvozasini 33 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 21 ta golli pas uzatgan.

picture_18

“Roma” o‘yinchisiga narx qo‘ydi

Yozda “Roma”ni tark etishi kutilayotgan Jordan Veretu bir necha klub o‘rtasida talash bo‘lmoqda.

Italiya matbuotining yozishicha, frantsiyalik legionerni kamida uchta jamoa talashmoqda. Birinchi navbatda, “Yuventus” jarohatlanib, uzoq muddatga safdan chiqqan Pol Pogba o‘rniga uning Frantsiya terma jamoasidagi o‘rinbosari hisoblangan Veretuga ish taklif qilmoqchi.

“Milan” klubi Renato Sanshesh yoki Chukvemekini qo‘lga kirita olmagan taqdirda Jordanga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, “Marsel” klubi ham anchadan beri tajribali yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

“Roma” mutasaddilari Jordan Veretuni 12 million evroga baholagan.

1636584850_roma_1

Tezkor! Shomurodov juda kuchli futbolchi. U bizga kerak!

Tezkor! Shomurodovga zo‘r klub xaridor! Bosh direktor buni tasdiqladi.

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

Tezkor! Shomurodov juda kuchli futbolchi. U bizga kerak!

Tezkor! Shomurodovga da’vogar klublar soni uchtaga etdi! Eldor qay birini tanlaydi?

Tezkor! Shomurodovga yangi xaridor chiqdi!

O‘runov men ishlagan eng zo‘r o‘yinchilardan!

Shomurodovni qo‘lga kirita olmagan superklub “Roma”dan boshqa hujumchi oladi!

Rossiya va Belarus klublari taklifiga qaramagan legionerimiz premer-ligaga kelganidan xursand

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!