Bizga Harri Keyn kerakmas!

  • 16.01.2023 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn anchadan beri faoliyatini sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoada davom ettirishni orzu qiladi.

Uning London klubi bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yarim yil bor. Tajribali to‘purar yangi bitim bo‘yicha taklifni qabul qilmayapti.

Bir necha grand klublar  Keynni o‘z safida ko‘rmoqchi. Avvalroq, ular orasida “Real”ning ham borligi aytilgandi.

Biroq, “Qirollik klubi” rahbariyati Harri Keyn ularni qiziqtirmasligini bildirdi. Bu ma’lumotni taniqli jurnalist Fabritsio Romano ham tasdiqladi.

Harri Keynga asosiy da’vogar sifatida Robert Levandovski o‘rniga yangi to‘purar qidirayotgan “Bavariya” tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!