Bizga kelsang, “Barsa”dan ko‘p to‘laymiz!
“Chelsi”mutasaddilari “Barselona” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Usmon Dembeleni katta maosh orqali klubga olib o‘tmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar frantsiyalik hujumkor futbolchiga “Barselona”ga qaraganda yaxshiroq sharoit va kattaroq maosh taklif qilyapti. Kataloniyaliklar yaqingacha Dembeleni yangi shartnomaga ko‘ndira olmayotgan edi.
Usmon bir necha kun oldin Kataloniyada qolishi mumkinligini aytdi. Biroq, u yana jarohatlangani bois, ispan futbolini tark etish haqida o‘ylay boshlashiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Dembelening kataloniyaliklar bilan kelishuvi kelasi yoz yakunlanadi.

Fikrlar