
Bizga o‘tasan! Jahon chempionini uchta klub talashyapti
Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan yarim himoyachi Esekiel Palasios yozda “Bayer”ni tark etishi mumkin.
CaughtOffside nashrining ma’lum qilishicha, Palasiosga hozirning o‘zida uch grand – “Chelsi”, “Liverpul” va “Arsenal” xaridor bo‘lmoqda.
Manbaga ko‘ra, mavsum oxirigacha 25 yoshli futbolchiga da’vo qiladigan jamoalar soni yana oshishi kutilmoqda.
Esekiel Palasios leverkuzenliklar safida 2020 yildan beri to‘p tepadi. U o‘tgan mavsum jamoaning o‘z tarixida ilk bor chempionlikka erishishiga katta yordam berdi.
Palasiosning “Bayer” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Maydonda ko‘proq “qora ish”ni mukammal bajarishi bilan tanilgan o‘yinchi 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar