“Chelsi”dan bu jamoaga o‘tsang, juda ko‘p gol urasan!
FCB Inside nashrining yozishicha, germaniyalik hujumchi Kay Xavertsning “Chelsi”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.
Transfer mutaxassislar bu o‘yinchiga o‘ziga qiziqish bildirayotgan “Bavariya”ga o‘tishni tavsiya qilmoqda. Xaverts Bundesligada o‘ynagan davrida ko‘p gol urardi. Angliya premer-ligasida bunday bo‘lmayapti.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Kay Xaverts myunxenliklar klubiga o‘tadigan bo‘lsa, hujumchi sifatida juda ko‘p gol urish imkoniga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yili “Chelsi” Xaverts uchun “Bayer”ga 62 million funt to‘lagan edi. Bu transfer o‘zini oqlamadi. Kay Angliyadagi debyut mavsumida beshta, undan keyingisida 8 ta to‘p kiritdi.
Angliyadagi uchinchi mavsumida Xaverts atigi beshta gol urdi xolos. Tabiiyki, “Chelsi” darajasidagi klubda hujumchining bu ko‘rsatkichlari ancha past sanaladi.

Fikrlar