Bizga Ronaldu kerakmas!
“Inter” kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish uchun to‘purar hujumchi qidirmoqda. Bundan zxabar topgan Krishtianu Ronaldu agentlari milanliklarga portugaliyalik yulduz xizmatini taklif qildi.
La Repubblica nashrining yozishicha, Italiya klubi bu taklifni qabul qilmadi va ularning Ronaldu xizmatiga ehtiyoji yo‘qligini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Inter” rahbariyati asosiy e’tiborini jamoani yoshartirishga va tarkibga kelajagi porloq iste’dod egalarini olishga qaratmoqda.
Bundan tashqari, Krishtianu Ronalduni o‘ynatish uchun klub yulduz futbolchiga 20 million evro atrofida maosh to‘lashi talab qilinadi. Bu shartlar “Inter”ni qoniqtirgani yo‘q.

Fikrlar