
Bizning futbolda shunaqasi ham bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” himoyachisi “Bunyodkor”ga 2 oyga ijaraga berildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan tanaffusga chiqqan “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari bugundan, 2020 yildagi dastlabki mashg‘ulotlarini boshlaydi. Jamoa a’zolari Toshkent shahrida to‘planadi. Toshkent shahridagi mashg‘ulotlar 21 yanvarga qadar davom etadi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari mashg‘ulotlarni “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonlarda kuniga ikki mahaldan olib borishadi.
Jamoa sardori Murod Xolmuhammedov Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga, ikki oy muddatga ijaraga berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabaringiz bor, “qaldirg‘ochlar” Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidan boshlab yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Fikrlar