Blatterga qo‘yilayotgan ikki ayblovdan biri olib tashlanishi mumkin

  • 11.04.2020 21:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Shveytsariya prokuraturasi FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatterga qarshi ochilgan 2 ta ishdan birini yopmoqchi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, sobiq amaldordan teletranslyatsiyalar sotish vakolatini suiste’mol qilganlik to‘g‘risidagi ayblovni olib tashlashmoqchi.

2005 yilda Blatter Karib dengizi futbol ittifoqiga JCh-2010 hamda JCh-2014 musobaqalari translyatsiya huquqini 600 ming dollarga sotish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan. Bu kelishuv esa FIFA talablariga umuman zid ravishda amalga oshirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!