Bobir Tagiev Abu-Dabida jang qiladi! (foto)

CHERY AUTO

25 iyun kuni BAAda professional muay-tay kechasi tashkil etiladi. Abu-Dabi shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur kechada hamyurtimiz Bobir Tagiev ham ishtirok etadi.

Tecno

72 kg vazn toifasida jang qiladigan vakilimiz amaldagi "WBC Max Muay-thai" chempionlik kamari sohibi, frantsiyalik Valentin Tiboga qarshi jang qiladi. Kamar uchun kechadigan ushbu bahs kechaning "Main card"idan o‘rin olgan.

Ayni kunlarda Bobir Tagiev O‘zbekiston K-1 federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi rahbari Xojiakbar Hakimov tomonidan tashkillashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida murabbiy Husan Majlimov hamda Zufar Sulaymonov qo‘l ostida jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fursatdan foydalanib, hamyurtimizga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

bobir tagiyev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!