Bobur Tagiev super jang kechasida ringga ko‘tariladi

CHERY AUTO

26 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida K-1 bo‘yicha nufuzli turnir tashkil etiladi.

Tecno

“Royal Battle” deya nomlangan ushbu jang kechasida jahonning eng kuchli yakkakurash vakillari ishtirok etadi. Ular orasida o‘zbekistonlik K-1 ustalari ham qatnashishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, yurtimizda ushbu sport turi bo‘yicha eng nomdor vakillarimizdan biri Bobur Tagiev ham o‘z jangini o‘tkazadi.

Hamyurtimizga marokashlik Nabil Uach raqiblik qiladi. Marokash vakili professional faoliyati mobaynida 17 ta g‘alaba va ikki mag‘lubiyat qayd etgan. Yurtdoshimizning rekordi esa, 23-3 ko‘rinishga ega.

Sportchimizga O‘zbekiston K-1 federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Hojiakbar Hakimov hamrohlik qilmoqda. Uning ta’kidlashicha sportchimizga barcha sharoitlar muhayyo qilingan va muhim jangga jiddiy xozirlik ko‘rmoqdalar. 

Mazkur jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!