
Bobur Yo‘ldoshev o‘ziga yangi jamoa tanladi
Uch yil mobaynida AGMK sharafini himoya qilgan Bobur Yo‘ldoshev klubni tark etdi. Bu haqida u Sports.uz saytiga ma’lum qildi.
Superliga doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib 2 ta gol urgan Yo‘ldoshevni AGMK bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etdi.
Bobur Yo‘ldoshev yangi mavsumni qaysi klubda o‘tkazishi ham oydinlashdi. U “Qizilqum” tomonidan tushgan taklifni qabul qildi va tez orada navoiyliklarning safiga qo‘shiladi.
Fikrlar