Boks. Bugun 7 nafar vakilamiz chempionlik uchun bahs olib boradi

  • 10 dekabr, 2024, 10:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Tailandning Chiangmay shahrida tashkil etilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi mazkur bosqichga etib kelgan. Kun davomida chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Linx Chi Ngo (Vetnam)
-52 kg: Feruza Kazakova - Svitlana Umanska (Ukraina)
-54 kg: Aziza Yakubova - Natnicha Chongprongklang (Tailand)
-57 kg: Nigina O‘ktamova - Punrave Ruenros (Tailand)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Xuiping Yuan (Xitoy)
-75 kg: Aziza Zokirova - Lina Vang (Xitoy)
+81 kg: Oltinoy Sotimboeva - Eldana Talipova (Qozog‘iston).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!