
Boks. Jahon chempionatining ilk kunida vakillarimiz 1 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etishdi
Xabar berganimizdek, bugun Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kunida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi. Jumladan, -52 kg vazn toifasida Feruza Kazakova Koreya Respublikasi vakili Junxyung Junga hech qanday imkon qoldirmadi va yakunda 5:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, -57 kg vazn toifasida Mahliyo Habibullaeva avstraliyalik Tina Raximiga qarshi jang olib bordi. Afsuski, vakilimiz ushbu jangda imkoniyatni boy berdi.
Erta yana hamyurtlarimizning ishtiroki davom etadi.
Fikrlar