
Boks. Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi, o‘rtaga kamar qo‘yilgan...
Bir qancha o‘zbek bokschilari professional yo‘nalishda Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan ishlab kelmoqda. Murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boruvchi va mana shu kompaniya mijozlari hisoblangan o‘ta engil vaznli (50,8 kg) Olimjon Nazarov va engil vaznli (61,2 kg) Abdurasul Ismoilov navbatdagi jangini 30 aprel kuni Vietnamning Xoshimin shahrida o‘tkazadi. Ushbu kecha Olimjon Nazarov (25-5 15KO) o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental mintaqaviy kamarini Filippin vakili Xerma Bolorodan (6-1, 4KO) himoya qilsa, Ismoilov (9-1, 5KO) o‘z vaznida, huddi shu mavqedagi vakant kamar uchun boshqa bir filippinlik Arji Tokueroga 13-5-3, 10KO) qarshi jang olib boradi.
Bo‘lajak bahslarda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar