Boks: O‘zbekiston chempionatida bahs-munozaraga sabab bo‘lgan jang g‘olibining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi
Xabaringiz bor, kecha kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida Ulug‘bek Haqberdiev va Mahmud G‘oyipovlar o‘zaro jang o‘tkazagan edi. Ikkinchi raundning dastlabki soniyalarida to‘qnashuv yuz berib, Ulug‘bek qoshidan jiddiy jarohat oladi.
Shuning uchun, jang to‘xtatilib g‘alaba Mahmud G‘oyipovga berilgan edi. Lekin, Haqberdievning murabbiylari bu natijadan norozilik bildirishdi. Natijada jang qaytadan ko‘rib chiqilib, g‘alaba Haqberdievga taqdim etilgandi. Afsuski, bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan qarma-qarshilik g‘olibi baribir navbatdagi jangda ishtirok eta olmaydi. Chunki, tibbiyot xodimlari tomonidan uning jarohati juda jiddiy deb topildi.
Bu borada uning murabbiyi Jahongir Qurbonov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Albatta, juda achinarli bo‘ldi. Lekin birinchi navbatda uning sog‘lig‘i muhim o‘rin tutadi. Nasib qilsa, navbatdagi chempionatlarda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishamiz deb o‘ylayman.
Fikrlar